Arqon tortish, chodir tiklash va savol-javob shartlaridan foto lavhalar
2026-07-29 16:20:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi uchun mahalla yoshlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Jasorat va matonat” sport musobaqalarining viloyat bosqichida navbatdagi shartlar — arqon tortish, chodir tiklash va savol-javob bahslari tashkil etildi.
Mazkur shartlarda ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, bilim saviyasi, tezkor fikrlashi hamda jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi.






