Muhim ta’minot tizimlaridagi uzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashqlar
2026-07-29 14:25:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyatida joylashgan toifalangan obyektlarda elektr energiyasi, tabiiy gaz va suv ta’minoti tizimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha maxsus amaliy o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida avariya va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda obyekt avariya-qutqaruv guruhlari hamda tezkor xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, kuch va vositalarni safarbar etish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi nosozliklarni bartaraf etish va obyektlar faoliyatini qisqa muddatlarda tiklash bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazilmoqda.






