Kattaqoʻrgʻon shahar FVB xodimlari tomonidan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida “Mahallabay va xonadonbay” profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
2026-07-29 11:05:00 / Yangiliklar

Tadbirlar jarayonida aholi oʻrtasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilish boʻyicha targʻibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, xonadonlarning yongʻin xavfsizligi holati oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilmoqda.





