Qutqaruvchi volontyorlar tabiatni yong‘in xavfidan asrashga hissa qo‘shmoqda
2026-07-25 17:25:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati FVB tomonidan Viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda Jomboy tumanidagi Zarafshon milliy tabiat bog‘ida “Dolzarb 60 kun” tadbirlari doirasida qutqaruvchi volontyorlar ishtirokida “Tabiatni yong‘indan birgalikda asraylik” aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida volontyorlar tomonidan bog‘ hududida yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli chiqindilar yig‘ishtirilib, hududni obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.
Tadbirning asosiy maqsadi tabiatni yong‘inlardan muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda fuqarolar e’tiborini yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishga qaratishdan iborat bo‘ldi.









