FVV huzuridagi Malaka oshirish markazi tinglovchilari o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
2026-07-14 14:10:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirligining ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida FVV huzuridagi Malaka oshirish markazi tinglovchilari o‘rtasida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, arqon tortish, tosh ko‘tarish va armrestling turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan bellashuvlarda ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, matonati hamda intellektual salohiyatini namoyon etdilar.
Musobaqalar tinglovchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, gender tenglik tamoyillarini keng targ‘ib qilish hamda jamoaviy hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.






