“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
2026-07-23 12:30:00 / Yangiliklar

Yoshlar kuni munosabati bilan Samarqand viloyati FVBda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar boshqarmada yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv bazasi hamda qutqaruvchilarning kundalik xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, ishtirokchilar boshqarmaning Situatsion markazi faoliyati bilan tanishib, hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish, tezkor axborot almashinuvi hamda boshqaruv jarayonlari haqida tushunchaga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga yong‘in-qutqaruv texnikalari, maxsus asbob-anjomlar hamda himoya vositalari namoyish etilib, ularning imkoniyatlari va amaliy qo‘llanilishi haqida batafsil ma’lumot berildi.









