“Dolzarb 60 kun” tadbirlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-07-08 12:45:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Matbuot uyida yoz mavsumida yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari U. Axrorov hamda boshqarmaning mas’ul bo‘lim boshliqlari ishtirok etib, viloyatda yong‘in xavfsizligini ta’minlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish va aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdilar.
Matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga atroflicha javob berildi hamda fuqarolar yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishga chaqirildi.









