Samarqand viloyati FVB tomonidan “Gʻalla-2026” oʻrim-yigʻim mavsumida Pastdarg‘om tumanida joylashgan don qabul qilish hamda qayta ishlash korxonasida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.
2026-06-11 17:00:00 / Yangiliklar

Unda FVB xodimlari, korxona masʼullari va tegishli xizmatlar vakillari ishtirok etib, don saqlash omborlari hamda ishlab chiqarish hududlarida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartiblari amaliy sinovdan oʻtkazildi.
Shartli yongʻin sodir boʻlganda qutqaruv va yongʻin-qutqaruv ekipajlari tomonidan yongʻinni bartaraf etish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha amaliy harakatlar bajarildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.









