“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi
2026-06-11 15:15:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i G‘. Muxamedov tomonidan tizimga biriktirilgan yoshlar, yosh harbiy xizmatchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr va takliflarini tinglash, mavjud muammolariga yechim topish hamda yoshlarning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati hamda Favqulodda vaziyatlar tizimida yoshlarning o‘rni va mas’uliyati haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xizmat intizomiga rioya etish, bilim va ko‘nikmalarni muntazam oshirib borish, zamonaviy kasblarni egallash hamda sog‘lom turmush tarziga amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etib, ularning murojaatlari tinglandi hamda tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning kelgusidagi faoliyatiga motivatsiya beruvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.





