“Tashabbuslar marafoni”da FVB volontyorlari faol ishtirok etmoqda
2026-06-11 13:30:00 / Yangiliklar

Samarqand shahrida “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida “Tashabbuslar marafoni” tashkil etildi.
Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbir yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va loyihalarini ro‘yobga chiqarish hamda faol va intiluvchan yigit-qizlarni bir maydonga jamlashga xizmat qilmoqda.
Marafonda Samarqand viloyati FVB volontyorlari va tizimga biriktirilgan yoshlar ham faol ishtirok etib, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi hamda suv havzalarida xavfsiz harakatlanish qoidalari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.
Mazkur tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, qutqaruvchi kasbiga qiziqishini oshirish va xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.








