Bolalikda olingan bilim — toshga o‘yilgan naqshdir
2026-06-10 12:05:00 / Yangiliklar

Paxtachi tumanida FVB tomonidan “Xumor” bolalar dam olish oromgohida “Mavsumiy sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida bolajonlarga yong‘in, suvda cho‘kish va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, bunday vaziyatlar yuzaga kelganda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda to‘g‘ri harakatlanish tartiblari amaliy tarzda tushuntirildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilib, qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.
Tadbir yakunida bolajonlarga yong‘in-qutqaruv texnikalari, maxsus asbob-anjomlar hamda ularning imkoniyatlari namoyish etildi. Bu esa yoshlarning favqulodda vaziyatlar sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.









