Kattaqo‘rg‘on suv omborida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
2026-06-02 19:25:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati FVB rahbariyati boshchiligida Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududida cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida kuchaytirilgan profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazildi.
👥 Aholiga suvda xavfsizlik qoidalari, kichik hajmli kemalardan xavfsiz va qonuniy foydalanish tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
🚫 Taqiqlangan joylarda cho‘milayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni mumkin bo‘lgan fojeali oqibatlar haqida ogohlantirildi.
