Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” amfiteatrida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2026-06-02 08:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda so‘zga chiqqan Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari X.To‘xtayev viloyat hokimi tomonidan musobaqa ishtirokchilariga yo‘llangan tabrikni o‘qib eshittirdi. Tabrikda yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etishi, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashi hamda musobaqaning do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tishi tilab o‘tildi.
Shundan so‘ng musobaqa ishtirokchi jamoalari tantanali tarzda tanishtirildi. Marosim davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, badiiy va madaniy chiqishlar namoyish etilib, tadbirga bayramona ruh bag‘ishlandi.









