Samarqand shaharida bo‘lib o‘tgan “Quvnoqlar va zukkolar – 2026” ko‘rik-tanlovida Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona viloyatlari FVBlari hamda Toshkent shahar FVBBda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirok etdi.
2026-05-30 17:25:00 / Yangiliklar
Musobaqa qizg‘in hamda murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🔹 1-o‘rinni Farg‘ona viloyati FVBning “Alfraganus” jamoasi;
🔹 2-o‘rinni Jizzax viloyati FVBning “MCHS – Majburlikdan CHiqdik Sahnaga” jamoasi;
🔹 3-o‘rinni Sirdaryo viloyati FVBning “Bojalar” jamoasi egalladi.
Yakunda g‘olib jamoalar diplom, tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
