Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni munosabati bilan Samarqand viloyati FVBda “Rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish — jinoyat demakdir” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
2026-05-07 18:10:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida xodimlarga rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish, ulardan noqonuniy foydalanish hamda bunday huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, bu turdagi jinoyatlar uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan ham ma’lumotlar yetkazildi.
Mutasaddilar tomonidan xizmat faoliyati davomida qonuniylikka qat’iy rioya etish, xizmat hujjatlarini yuritishda mas’uliyatni oshirish hamda korrupsion holatlarga murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida xodimlar tomonidan mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.





