"Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi
2026-10-21 09:30:00 / Yangiliklar
Xo‘jayli tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik B.Avazmetov va sohada fidokorona xizmat qilib, nafaqaga chiqqan faxriylar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yosh qutqaruvchilarga hayotiy va kasbiy tajribalari haqida so‘zlab berildi. Ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo‘lishga da’vat etdi.









