Eslatma
2026-07-29 10:00:00 / Yangiliklar
Hurmatli fuqarolar! Yoz oylarida kunning isib ketishi bilan bog‘liq quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qiling!
- Ko‘chalarda tez yonuvchan moddalar va chiqindilarni yoqmang;
- gaz ballonlar, tez yonuvchan lok-bo‘yoq va boshqa qurilish materiallarini quyosh nuri ostida qoldirmang;
- avtotransport vositalarini quyosh nuri ostida ko‘p vaqt qoldirmang;
- yonilg‘i quyish idishi va gaz ballonlarini gaz bilan ko‘p miqdorda to‘ldirmang;
- bino va turar joylarda elektr tok tarmoqlarini haddan tashqari katta kuchlanish ostida ishlatmang;
- bolalarni uyda qarovsiz qoldirmang;
- neft mahsulotlari hamda yonuvchi gazlarni tashish va quyish ishlarini kunning issiq vaqtlarida amalga oshirmang.

