"Oydin yo'l" bolalar oromgohida o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
2026-06-02 09:00:00 / Yangiliklar
⚡️Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tamonidan Taxiatosh tumanida joylashgan "Oydin yo'l" bolalar oromgohida o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
⚡️O‘quv mashg‘uloti bolalarning yozgi dam olish mavsumini xavfsiz tashkil etish, oromgoh hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ishchi-xodimlarning favqulodda holatlardagi harakatlanish ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etildi.










