CHIM MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILDI
2026-10-23 14:00:00 / Yangiliklar
CHIM MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILDI
Bugun, 23-oktabr kuni Qamashi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda tuman hokimligi mas’ullari tomonidan Chim mahallasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi xonadonlarida yong‘in va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlar davomida fuqarolarga isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, gaz va elektr jihozlarini soz holatda saqlash, dudbo‘ronlarni muntazam tozalash hamda xonalarni shamollatib turish zarurligi tushuntirildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish, xavfli holatlar aniqlanganda esa zudlik bilan 112 qisqa raqamiga murojaat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.










