“Qog‘ozsiz bir kun” — raqamli kelajak sari muhim qadam!
2026-10-06 10:05:00 / Yangiliklar
“Qog‘ozsiz bir kun” — raqamli kelajak sari muhim qadam!
Bugun kun boshidanoq Kasbi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi doirasida elektron hujjat almashinuvini keng joriy etish, qog‘oz iste’molini kamaytirish hamda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va amaliy ishlar olib borilmoqda.
Tadbir davomida xodimlarga elektron hujjat almashinuvidan foydalanishning qulayliklari, ish jarayonlarini tezkor va samarali tashkil etish, shuningdek, ortiqcha qog‘oz sarfini kamaytirishning ahamiyati tushuntirilmoqda.
🌱 Raqamli texnologiyalar — samaradorlik, tejamkorlik va tabiatga e’tibor demakdir!



