BILIM VA TAASSUROTLARGA BOY O‘QUV JARAYONI
2026-10-05 10:25:00 / Yangiliklar
BILIM VA TAASSUROTLARGA BOY O‘QUV JARAYONI
Qashqadaryo viloyati FVB Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazida tinglovchilar belgilangan o‘quv dasturi doirasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, hayot faoliyati xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Markazning yangi, zamonaviy binosida yaratilgan qulay shart-sharoitlar, jihozlangan o‘quv xonalari va ko‘rgazmali vositalar tinglovchilarda iliq taassurot qoldirdi.
Tinglovchilar mashg‘ulotlarda katta qiziqish va zavq bilan qatnashib, olgan bilim hamda amaliy ko‘nikmalaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.




