YONG‘IN O‘CHIRISH BO‘YICHA AMALIY-TAKTIK MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI
2026-09-18 09:25:00 / Yangiliklar
YONG‘IN O‘CHIRISH BO‘YICHA AMALIY-TAKTIK MASHG‘ULOT O‘TKAZILDI
“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi doirasida viloyat FVB mas'ullari ishtirokida Qarshi tumanidagi “HILOL TEX TIL” korxonasiga qarashli paxta qabul qilish maskanida yong‘in o‘chirish bo‘yicha amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.
⚡️ Mashg‘ulot davomida paxta qabul qilish maskanida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatiga shartli ravishda baho berilib, yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etish, mavjud kuch va vositalardan samarali foydalanish hamda hamkorlikdagi xizmatlarning o‘zaro muvofiqlashgan harakatlari sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, shartli yong‘in vaqtida fuqarolarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.









