YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
2026-09-17 14:50:00 / Yangiliklar
YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik M. Ahmedov Kasbi tumanidagi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarni FVV tizimidagi kasblar va qutqaruvchilik faoliyati bilan yaqindan tanishtirishga alohida e’tibor qaratildi.










