Xavfsizlik birinchi o‘rinda: Muborak GQIZda "Dolzarb 60 kun" tadbirlari qizg‘in pallada!
2026-07-16 14:30:00 / Yangiliklar
Xavfsizlik birinchi o‘rinda: Muborak GQIZda "Dolzarb 60 kun" tadbirlari qizg‘in pallada!
Muborak gazni qayta ishlash zavodi hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi profilaktik ishlar yanada jadallashtirildi.
Zavod Obyektlarini muhofaza qiluvchi Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika inspektorlari tomonidan korxona tasarrufidagi barcha sexlarda ishchi-xizmatchilar ishtirokida maxsus tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.



