Murojaatlar e’tibor markazida
2026-05-13 15:15:00 / Yangiliklar
Bugun,13-may kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarma boshligʻi polkovnik F. Mirzayev tomonidan Koson tumani Do`stlik mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Ushbu qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammolar oʻrganildi hamda tegishli mutasaddilarga ularni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etildi.
Sayyor qabul aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qildi.







