9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan aksiya tashkil etildi
2026-05-10 10:10:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Qarshi shahri ko‘chalarida ma’naviy-ma’rifiy aksiya tashkil etildi.
Aksiya davomida yurtdoshlarimizga “Sharaf lentalari” tarqatilib, bayramona kayfiyat ulashildi. Ushbu tashabbus yoshlar qalbida Vatan himoyachilari va qahramonlariga bo‘lgan hurmat hamda ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Shuningdek, nuroniylar tinch va osuda yurtimizda yashayotganidan mamnun ekanliklarini bildirib, Vatan bayrog‘i ramzi tushirilgan lentalarni ko‘ksiga taqish o‘zlari uchun alohida faxr ekanini ta’kidlashdi.
Mazkur aksiya aholi qalbida g‘urur, iftixor va vatanparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otib, yurtga muhabbatni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.









