Qahramonlar yo‘qlanib, xotirasi e’zozlandi
2026-05-08 16:35:00 / Yangiliklar

Bugun, 8-may kuni “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik U. Axrorov G‘uzor tumanida bo‘lib, xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan qutqaruvchining oila a’zolari holidan xabar oldi.
Tashrif davomida marhumning oila a’zolariga e’tibor va hurmat ko‘rsatilib, ularning holidan xabar olindi hamda xotira va qadrlash xalqimizga xos ezgu qadriyat ekani alohida ta’kidlandi.


