Boshqarma “SHGKM” OFVB mas’ullari tomonidan 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab bir qator ma’naviy-ma’rifiy hamda vatanparvarlik tadbirlari amalga oshirildi
2026-05-07 16:35:00 / Yangiliklar
Xususan, harbiy xizmatchilar uchun Qarshi shahridagi Motamsaro ona haykali maydoniga ekskursiya tashkil etilib, urush va mehnat faxriylari xotirasi yod etildi.
Tizimda uzoq yillar samarali xizmat qilgan, hozirda nafaqada bo‘lgan iste’fodagi podpolkovnik A. Tillayev ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi. Tadbir davomida yosh harbiy xizmatchilarga Vatanga sadoqat, kasb sharafi hamda boy xizmat tajribasi haqida suhbatlar tashkil etildi.
O‘tkazilgan tadbirlar shaxsiy tarkibning ma’naviy ruhiyatini yanada mustahkamlash, tarixiy xotirani asrash hamda yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qildi.






