Yoshlar bilan muloqot va faxriylarga ehtirom
2026-05-07 15:45:00 / Yangiliklar
“Payshanba — Yoshlar kuni” doirasida Chiroqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning huquqiy va hayotiy bilimlarini oshirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida yoshlarga soha faoliyati, yurt tinchligi va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan yoshlar ishtirokida faxriylar holidan xabar olinib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi.






