Ochiq muloqot
2026-05-07 12:20:00 / Yangiliklar
Payshanba — yoshlar bilan ishlash hamda huquqbuzarlik profilaktikasi kuni doirasida Kasbi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida yoshlar va xizmatchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot davomida korrupsiyani oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, yong‘in va boshqa xavfsizlik qoidalariga rioya etish masalalari haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham ma’lumot berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.
Tadbir yakunida qutqaruv texnikalari va maxsus jihozlar namoyish etilib, ulardan foydalanish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.







