RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: SAMIMIY MULOQOT VA HAYOTIY TAJRIBA!
2026-11-21 14:10:00 / Yangiliklar

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: SAMIMIY MULOQOT VA HAYOTIY TAJRIBA!
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
Unda boshqarma tizimida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar, ko‘ngilli yosh volontyorlar, "Jasorat maktabi" o‘quvchilari hamda tizimga biriktirilgan yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik N. Amonov hamda Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi podpolkovnik B. Djurayev ishtirok etib, yoshlar bilan samimiy muloqot qildilar.
Suhbat davomida Vatanga sadoqat, harbiy burch va xizmat intizomi, mardlik va jasorat, shuningdek, hayotiy tajriba hamda kelajak oldidagi mas’uliyat xususida fikr yuritildi.
Ayniqsa, faxriylar tomonidan xizmat faoliyati davomida orttirilgan boy tajribalarning yoshlar bilan o‘rtoqlashilgani uchrashuvga alohida mazmun bag‘ishladi.
Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, fikr va takliflarini bildirdilar.
Bunday uchrashuvlar yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish hamda Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.




