RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUROJAATLAR EʼTIBORDA
2026-11-05 18:20:00 / Yangiliklar

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUROJAATLAR EʼTIBORDA
Chust tumanida joylashgan “Barkamol avlod” sport maktabida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Elyor Axmadaliyev hamda yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan rahbarga murojaat qilishdi. Jumladan, kompyuter xarid qilishda amaliy yordam koʻrsatish, toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash, ish bilan taʼminlash hamda ishga joylashish masalalari koʻtarildi.
Murojaatlarning har biri atroflicha oʻrganilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi. Natijada yoshlar tomonidan bildirilgan muammolar masʼullar ishtirokida hal etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida boshqarma boshligʻi yosh iqtidor egalari tomonidan yaratilgan turli texnik ishlanmalar va qurilmalar bilan yaqindan tanishdi.
Yoshlarning ijodiy izlanishlari, innovatsion gʻoyalari hamda texnik ijodkorlik borasidagi yutuqlari bilan qiziqib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning muammolarini oʻrganish, ularni qoʻllab-quvvatlash, isteʼdod va salohiyatini yuzaga chiqarish hamda bandligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.





