HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — E’TIBOR MARKAZIDA
2026-10-15 15:05:00 / Yangiliklar

HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — E’TIBOR MARKAZIDA
Bugun, 15-oktyabr kuni Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida shaxsiy tarkib ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik va tarbiyaviy ishlar bo‘limi katta ofitseri, harbiy psixolog leytenant Davronbek Umarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Ichki xizmat nizomining “Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlar” bobi mazmun-mohiyati hamda “Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi ahillik va birdamlik — yutuqlar garovi” mavzusida ma’ruza qilindi.
Unda harbiy xizmatchilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, ahillik va birdamlikni mustahkamlash, xizmat intizomiga qat’iy rioya etish hamda turli huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mavzu yuzasidan shaxsiy tarkibni qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javoblar berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik mashg‘ulotlar Namangan shahri hamda viloyatning barcha tumanlarida ham tashkil etildi.





