“YASHIL DEHQON BOZORI”DA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
2026-10-15 16:10:00 / Yangiliklar

“YASHIL DEHQON BOZORI”DA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Bugun, 15-oktyabr kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani hududida joylashgan
“Yashil dehqon bozori” da Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bozorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lgan holatlarda kuch va vositalarning tezkor hamda samarali harakatlarini ta’minlashdan iborat.
O‘quv mashg‘uloti davomida shartli yong‘in sodir bo‘lgan vaziyatda favqulodda vaziyatlar bo‘linmalarining tezkor harakatlari, fuqarolarni qutqarish, yong‘inning tarqalishini cheklash va uni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, tayanch maskanlardagi maxsus texnikalarning jangovar shayligi, kuch va vositalarni samarali boshqarish, qutqaruv xizmatlari hamda hamkor tashkilotlarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulot jarayonida odamlar gavjum bo‘ladigan maskanlarda yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha amaliy va nazariy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Yakunda favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari hamda FVDT tuzilmalarining jangovar shayligi tekshirilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi baholandi.




