“AFSONALAR” TEMATIK BOG‘IDA YONG‘IN O‘CHIRISH AMALIY-TAKTIK MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
2026-08-17 15:00:00 / Yangiliklar

“AFSONALAR” TEMATIK BOG‘IDA YONG‘IN O‘CHIRISH AMALIY-TAKTIK MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda hamkorlikdagi xizmatlar ishtirokida Davlatobod tumanida joylashgan “Afsonalar” tematik bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan bosh g‘oya asosida keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish doirasida yong‘in o‘chirish amaliy-taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulotning asosiy maqsadi — yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in va favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarning jangovar shayligini sinovdan o‘tkazish, hamkorlikdagi xizmatlarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan harakatlarini ta’minlash hamda shaxsiy tarkibning amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida belgilangan vazifalar amaliy tarzda bajarilib, favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Bunday amaliy-taktik o‘quv mashg‘ulotlari aholi gavjum maskanlarida xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirish hamda kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish maqsadida Namangan shahri va barcha tumanlarda reja asosida davom ettirilmoqda.







