PAHTA QABUL QILISH MASKANIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI
2026-08-17 08:20:00 / Yangiliklar

PAHTA QABUL QILISH MASKANIDA MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI
Bugun, 15-avgust kuni Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 2026-yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda paxta qabul qilish va qayta ishlash maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi To‘raqo‘rg‘on tumani Oqtosh MFY hududida joylashgan “HOME TEXTILE COTTON” MChJga qarashli paxta qabul qilish maskanida tashkil etilib, unda shahar va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘lim boshliqlari hamda harbiylashtirilgan qutqaruv qismlari boshliqlari ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida paxta qabul qilish va qayta ishlash maskanlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, profilaktik tadbirlarni tashkil etish, ishchi-xizmatchilarga yo‘riqnoma berish, yong‘in va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda qutqaruv bo‘linmalari hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari, shuningdek, evakuatsiya ishlarini to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari va hamkorlikdagi FVDT tuzilmalarining tezkor harakatlari, kuch va vositalarni samarali boshqarish, yong‘inning tarqalishini cheklashda maxsus texnikalardan unumli foydalanish hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Mazkur o‘quv mashqi paxta yig‘im-terimi mavsumida yong‘inlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda tezkor va hamjihatlikda harakat qilishga tayyorgarlikni yanada oshirishga xizmat qildi.






