"Harbiy-vatanparvarlik" kuni doirasida Norin oromgohida uchrashuv tashkil etildi
2026-07-07 14:25:00 / Yangiliklar

"Harbiy-vatanparvarlik" kuni doirasida Norin oromgohida uchrashuv tashkil etildi
Norin tumanidagi bolalar yozgi dam olish oromgohida o‘tkazilayotgan 3-kun — "Harbiy-vatanparvarlik" kuni doirasida Norin tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida oromgoh tarbiyalanuvchilariga Vatanga sadoqat, yurt tinchligini asrash, fuqarolik burchi va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishning ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, yong‘in xavfsizligi qoidalari, hayot faoliyati xavfsizligi, suv havzalari va yo‘l harakati xavfsizligiga oid tavsiyalar yetkazildi.
Uchrashuv davomida qutqaruvchilarning kundalik xizmat faoliyati, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda foydalanilayotgan zamonaviy maxsus texnika va asbob-uskunalar haqida qiziqarli ma'lumotlar berilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.
Mazkur tadbir yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish hamda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.






