“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi – ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar sari qadam
2026-07-03 08:35:00 / Yangiliklar

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi – ochiq muloqot va yangi imkoniyatlar sari qadam
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik E. Axmadaliyev tomonidan tizimdagi harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning fikr va mulohazalari, taklif hamda tashabbuslari tinglanib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarini o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlarning bilim va salohiyatini yanada rivojlantirish, ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kasbiy mahoratini yuksaltirish hamda kelgusidagi maqsad va rejalari yuzasidan samimiy muloqot olib borildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning tashabbuslarini rag‘batlantirish, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish va kelajakda malakali hamda fidoyi kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.






