Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
2026-06-29 21:20:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari muhokama qilindi
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Korrupsiya – iqtisodiy va ijtimoiy muammolar manbai!" mavzusida davra suhbati Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas'ul xodimlari hamda Namangan harbiy prokurori, adliya polkovnigi Muhammad Bozormirzayev boshchiligida o‘tkazildi.
Tadbir davomida shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va korrupsiya holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, xizmat davomida yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etish, transport vositalaridan foydalanishda mas'uliyatni oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida xizmat faoliyatida qonuniylik, shaffoflik, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.









