Kosonsoyda bolalar oromgohlari va dam olish maskanlarida xavfsizlik tadbirlari o‘tkazildi
2026-06-10 16:15:00 / Yangiliklar

Kosonsoyda bolalar oromgohlari va dam olish maskanlarida xavfsizlik tadbirlari o‘tkazildi
Kosonsoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Obod MFY hududidagi “Sohil” bolalar yozgi dam olish oromgohida profilaktik tadbir o‘tkazdilar.
Tadbir davomida bolalar va oromgoh xodimlari bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, suv havzalarida xavfsizlikni ta’minlash hamda sel-toshqin xavfi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.“Sohil” bolalar oromgohida zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ishtirokchilarning ko‘nikmalari oshirildi.Shuningdek, Kosonsoy soyi bo‘yida joylashgan dam olish maskanlari rahbarlariga aholi xavfsizligini ta’minlash, o‘z vaqtida ogohlantirish va evakuatsiya ishlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.Suv havzalarida xavfsizlik oyligi doirasida “Suniy ko‘l” atrofida ham targ‘ibot ishlari olib borilib, 12 ta dam olish maskani rahbarlariga qo‘shimcha yo‘riqnoma va tushuntirishlar berildi.









