G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida yong‘in xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilmoqda
2026-06-08 08:55:00 / Yangiliklar

G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumida yong‘in xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilmoqda
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari polkovnik Sanjar Zuparov tomonidan Namangan tumanidagi g‘alla maydonlarida o‘rganishlar olib borildi.
O‘rganishlar davomida o‘rim-yig‘im mavsumida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududlarga biriktirilgan xodimlar bilan suhbat o‘tkazilib, mavsum davomida yong‘inlarning oldini olish, texnika va agregatlardan xavfsiz foydalanish hamda belgilangan talab va qoidalarga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlanganidek, g‘alla hosilini nobud qilmaslik va favqulodda vaziyatlarning oldini olishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga so‘zsiz amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi.





