Yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri o‘tkazildi.
2026-05-15 15:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan ochiq muloqot va e’tirof tadbiri o‘tkazildi.
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida harbiy xizmatchilar farzandlariga Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi.
Shuningdek, “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovi ishtirokchilari hamda 3 yoshli bolani suvdan qutqarib qolgan qutqaruvchi munosib taqdirlandi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Sottiyev Hurshid To‘lqinbayevich tomonidan tavsiyanomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida rahbar va yoshlar uchrashuvi tashkil etilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv yoshlarda kelajakka bo‘lgan ishonch va intilishlarni yanada mustahkamladi.









