“Rahbar va yoshlar”
2026-05-14 17:30:00 / Yangiliklar

Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik E.Axmadaliyev tomonidan Namangan shahridagi 29-sonli umumta’lim maktabida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuv yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ta’limga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularning fikr-mulohazalari, murojaatlari va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurt tinchligini qadrlash, turli yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda kasb-hunar egallashning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuv jarayonida Фayzullayev Yosinxon Nematilla o‘g‘lining maktabdagi ta’lim jarayoniga qayta tiklanish bilan bog‘liq murojaati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida mazkur masala ijobiy hal etilib, uning maktabdagi o‘qishi qayta tiklandi.



