Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
2026-05-08 14:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi
Kuni kecha, 7-may kuni Davlatobod tumanidagi 48-sonli maktabda "Payshanba — Yoshlar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Davlatobod tuman IIB Faxriylar kengashi raisi Olimjon Xudoyberdiyev, Davlatobod tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Bahodir Raxmonov, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faxriysi Abdug‘affar Xaydarov hamda Davlatobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, mayor Boymurot Otaboyevlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurt tinchligi va xavfsizligini asrash, ma’naviy qadriyatlarga hurmat hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Tadbir yoshlar uchun qiziqarli va mazmunli ruhda o‘tdi.




