Jizzax viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda Sharof Rashidov tumanidagi “Mustaqillikning 35 yilligi” mahallasida profilaktik tadbirlar o'tkazildi
2026-11-16 10:35:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyati FVB boshlig‘i o‘rinbosari rahbarligida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda Sharof Rashidov tumanidagi “Mustaqillikning 35 yilligi” mahallasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yong‘inlar, is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Dastlab mahalla aholisi ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etilib, fuqarolarga mavsum davomida xavfsizlik qoidalariga rioya etish, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish hamda gaz sizib chiqishini erta aniqlovchi datchiklarning ahamiyati va afzalliklari haqida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xonadonbay o‘rganishlar davomida isitish moslamalari, gaz va elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar berilib, yong‘in va boshqa noxush holatlarning oldini olishga qaratilgan eslatmalar tarqatildi.









