FAVQULODDA VAZIYATLAR, YONĞIN VA IS GAZIDAN ZAHARLANIŞNING OLDINI OLIŞ BÖYIÇA TUŞUNTIRIŞ IŞLARI ÖTKAZILDI
2026-11-13 17:20:00 / Yangiliklar

Zomin tumani Boğişamol mahallasi hududida joylaşgan harbiy qismda xizmat qiluvçi harbiy xizmatçilar iştirokida qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini olişga qaratilgan profilaktik tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan qiş mavsumida yonğin kelib çiqişining asosiy sabablari, isitiş moslamalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya etiş, elektr va gaz jihozlarining sozligini nazorat qiliş hamda is gazidan zaharlanişning oldini oliş yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, tabiiy gaz va boşqa yoqilği vositalaridan foydalanişda ehtiyot çoralariga amal qiliş, xonalarni muntazam şamollatiş, mörilar va şamollatiş tizimlarining soz holatda bölişini ta’minlaş zarurligi alohida ta’kidlandi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatçilarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda töğri harakat qiliş, yonğin xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etiş hamda inson hayoti va salomatligini muhofaza qiliş böyiça zarur tavsiyalar berildi.
Zero, xavfsizlikka befarq bölmaslik — köngilsiz hodisalarning oldini oliş va inson hayotini asraşning muhim garovidir.






