G'allaorol tumanida Qo'mondonlik-shtab o'quv mashqlari o'tkaziladi
2026-11-05 19:50:00 / Yangiliklar
G‘allaorol tumanida joriy yilning 11-13-noyabr kunlari “Boshqaruv organlari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi quyi bo‘g‘inlarining aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi.

O‘quv mashqlariga tayyorgarlik doirasida G‘allaorol tumani hokimligida tuman hokimi Jalolitdin Oqboyev, FVV mas'ul xodimi podpolkovnik Bahtiyor Ikramov hamda viloyat FVB boshlig’ining birinchi o’rinbosari, podpolkovnik Adham Tangriyevlar rahbarligida FVDT xizmatlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda o‘quv mashqlarini yuqori saviyada tashkil etish, jalb etiladigan kuch va vositalarning shayligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.









