QURILISH OBYEKTLARIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILMOQDA
2026-11-04 15:05:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati FVB Shaharsozlik sohasida profilaktika bo‘limi xodimlari tomonidan “Energiya resurslaridan xavfsiz foydalanish oyligi” doirasida Jizzax shahrining Sayiljoy mahallasida joylashgan qurilish obyektlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida qurilish ishlarida belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etish, ishchilarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, havo haroratining pasayishi munosabati bilan ishchilarning yashash joylarida yong‘in va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish, isitish moslamalari, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish yuzasidan mas’ullar hamda ishchilarga zarur tavsiya va tushuntirishlar berilmoqda.




