IS GAZIDAN ZAHARLANISHNING OLDINI OLISH BO‘YICHA PROFILAKTIKA ISHLARI
2026-11-04 12:10:00 / Yangiliklar
Paxtakor tumani “Paxtakortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi hamda FVB mas’ullari tomonidan aholi xonadonlari va ko‘p qavatli uylarda profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Tadbirlar davomida fuqarolarga gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, isitish moslamalarini soz holatda saqlash, mo‘ri va shamollatish tizimlarini muntazam tekshirish hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.
⚠️ Xavfsizlik qoidalariga rioya qilish — hayot garovi!






