Kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida aholi xonadonlarida keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
2026-10-22 18:25:00 / Yangiliklar

Arnasoy tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda turli noxush holatlarning oldini olish maqsadida aholi xonadonlarida keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida yong‘inlar, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, is gazidan zaharlanish hamda oziq-ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha fuqarolarga tushuntirishlar berilib, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berilmoqda.
Asosiy maqsad — aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilish, kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishdan iborat.





